Neymar JCH-2026da o'ynamoqchi
13 dek 2024 14:12
Yangiliklar
Neymar JCH-2026da o'ynamoqchi
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar 2026 yil AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionatida ishtirok etish niyatida ekanligini aytdi.
"Jahon chempionati – har bir futbolchi uchun maqsad. Men allaqachon uchta turnirda o'ynaganman va, albatta, to'rtinchisida o'ynashni xohlayman. Biz tayyorgarlikka etibor qaratishimiz, bu erda, klubda o'z ustimizda ishlashimiz kerak. Oldimda turgan asosiy maqsad – qaytganimdan keyin tezroq formaga kirish", – dedi Neymar.
Eslatib o'tamiz, Neymar "Al Hilol"ga 2023 yilning avgustida o'tgan va uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 30 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar