Netflix Bekxem haqida hujjatli serial chiqaradi
14 iyu 2022 21:37
Yangiliklar
Netflix Bekxem haqida hujjatli serial chiqaradi
Amerikaning Netflix kompaniyasi mashhur futbolchi Devid Bekxem hayotiga bag'ishlangan hujjatli serialni taqdim etadi.
Bu haqda futbolchi o'z Instagram sahifasida aytib o'tdi.
"Serialda oldin namoyish qilinmagan arxivlar, hikoyalar va sayohatimning bir qismi bo'lgan odamlar bilan intervyular bo'ladi", – deb yozdi Devid Bekxem.
SHuningdek, loyihani yaratishda Fisher Stivens va Jon Batsek ishtirok etishi qayd etilgan.
Hujjatli serialning chiqish sanasi hali elon qilinmagan.
Futbolchining loyiha haqidagi posti allaqachon 300 mingdan ortiq layk va 3 mingga yaqin izoh to'plagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar