"Neftchi" FIFA kunlarida ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
06 sen 2023 15:55
Yangiliklar
"Neftchi" FIFA kunlarida ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
Superligada mag'lubiyatsiz odimlayotgan Farg'onaning "Neftchi" klubi FIFA kunlarida yuzaga keladigan tanaffus vaqtida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" 12 sentyabr kuni Qirg'iz Respublikasining "Alay" klubiga qarshi maydonga tushsa, 16 sentyabr kuni esa raqib sifatida "Andijon" tanlangan. Ushbu o'rtoqlik o'yinlarida O'zbekiston U-23 terma jamoasiga chaqirilgan Vladimir Nazarov va Ulug'bek Xoshimov hamda Tojikiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan Zoir Jo'raboev ishtirok etishmaydi.
Malumot uchun, "Neftchi" Superligada ortda qolgan 18ta turda 8ta g'alaba va 10ta durang qayd etib 34 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog'onasida bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar