"Neftchi" Ashurmatov uchun "Rubin"ga 500 ming dollar to'lashga tayyor
13 jan 2025 21:51
Yangiliklar
"Neftchi" Ashurmatov uchun "Rubin"ga 500 ming dollar to'lashga tayyor
Katta ehtimol bilan yangi mavsumda chempionlikni oldiga maqsad qo'ygan "Neftchi" tarkibni kuchaytirishda davom etmoqchi.
Hozirgacha o'z safiga O'zbekistonning nomdor futbolchilarini yig'ishga ulgurgan Farg'ona klubi endi xorijda to'p tepayotgan o'zbekistonliklar bilan shartnoma tuzmoqchi.
Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'z kanalida "Neftchi" O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatovni "Rubin"dan sotib olmoqchiligini yozdi. Malumotlarga ko'ra, Farg'ona klubi Ashurmatov uchun taxminan 500 ming dollar sarf qilmoqchi, Qozon klubi esa 1 mln. dollar so'rayapti.
Bundan tashqari, "Penalti" kanalida so'nggi mavsumni Qozog'istonning "Astana" klubida o'tkazgan Ibrohim Halil Yo'ldoshev "Neftchi"ga o'tishi mumkinligi yozilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Реал" бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar