"Navbahor" va "Neftchi" 3 ochkodan mahrum qilinishi mumkin - O'FA
23 okt 19:19
Yangiliklar


"Navbahor" va "Neftchi" 3 ochkodan mahrum qilinishi mumkin - O'FA
"Qo'mita qarorlariga muvofiq, klublarga qarzdorliklarni muddat belgilab, to'liq bartaraf etish majburiyati yuklatilgan.
Bunda, “Navbahor lochinlari”, “Neftchi”, “Andijon”, “Xorazm”, “Buxoro”, “Qumqo'rg'on-1977”, “TerDU” futbol klublari qo'mita qarorlarida belgilangan majburiyatlarni to'liq bajarmasdan kelayotgani aniqlandi.
Jumladan, “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchilar Jamshid Iskanderov, Ibrohim Yo'ldoshev, Diyorjon Turopov, Odil Hamrobekov, Abror Ismoilov, Shahzodbek Ubaydullaev, shuningdek murabbiy Muhiddin Ortiqov oldidagi qarzdorlikni to'liq bartaraf etmagan. “Neftchi” futbol klubi esa futbolchilar Azizbek Amonov, Manuchehr Safarov, Shohruh Gadoev oldidagi majburiyatni to'liq bajarmagan.
Shuningdek, “Andijon” klubining “Paxtakor” va “Bunyodkor” futbol klubi oldidagi mashg'ulot kompensaciyasi hamda transfer shartnomalari bo'yicha qarzdorligi mavjud. “Xorazm” va “Buxoro” futbol klublari ham “Paxtakor” futbol klubi oldidagi mashg'ulot kompensaciyasi bo'yicha qarzdorligini bartaraf etmagan.
Bundan tashqari, “Qumqo'rg'on-1977” futbol klubi futbolchi Orzu Razzoqov oldidagi, “TerDU” futbol klubi futbolchilar Sarvar Husanov va Farrux Haydarovlar oldidagi qarzdorliklar bo'yicha moliyaviy majburiyatlarini bajarmay kelmoqdalar.
Takidlash joizki, qarzdorlik to'lanmaganligi sababli, qo'mita tomonidan 2025 yilgi mavsumda qishki transfer oynasida “Navbahor lochinlari” va “Neftchi” futbol klublariga keyingi ikki ro'yxatdan o'tkazish davrida milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkazishga taqiq qo'yilgan edi. Keyinchalik, Namangan viloyati hokimligi hamda Farg'ona viloyati hokimligi tomonidan qarzdorlikni to'liq bartaraf etish bo'yicha kafolat xatlari taqdim etilgani hamda futbolchilar bilan tuzilgan qarzdorliklarni qoplanishi bo'yicha kelishuvlari inobatga olinib, qishki transfer oynasidagi taqiq vaqtincha olib tashlangan edi. Shu asosda qarzdorliklar qisman to'langan bo'lsa-da, klublar tomonidan belgilangan muddatlarda to'liq to'lovlar amalga oshirilmadi.
Mazkur futbol klublari qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagani uchun ularga nisbatan jarima intizom choralari qo'llangan bo'lsa-da, shundan keyin ham qarzdorlikni bartaraf etmasdan kelmoqda.
Futbolchilarning maqomi va transferi bo'yicha reglamentning 12-bis moddasi 1-bandiga muvofiq, klublar futbolchilar va boshqa klublar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni, shuningdek, professional futbolchilar bilan imzolangan shartnomalar va transfer kelishuvlarida nazarda tutilgan talablarni o'z vaqtida bajarishi shart. Mazkur moddaning 6-bandida esa moliyaviy majburiyatlarning takroriy ravishda buzilishi og'irlashtiruvchi holat sifatida baholanib, yanada qatiyroq jazo choralari qo'llanilishi belgilangan.
O'zbekiston futbol associaciyasi azosi sifatida “Navbahor lochinlari”, “Neftchi”, “Andijon”, “Xorazm”, “Buxoro”, “Qumqo'rg'on-1977”, “TerDU” futbol klublari qo'mita qarorlarini bajarishi majburiy hisoblanadi. Biroq klublar tomonidan qarorlar ijrosi taminlanmayotgani va bepisand munosabatda bo'layotgani ularga nisbatan og'irroq intizomiy jazo choralarini qo'llashni taqozo qilmoqda.
Shundan kelib chiqib, 2025 yil 3-noyabr kuni O'zbekiston futbol associaciyasining tegishli qo'mitasida mazkur futbol klublariga nisbatan og'irroq intizomiy jazo choralarini qo'llash masalasi ko'rib chiqiladi.
Bunda, “Navbahor lochinlari” va “Neftchi” futbol klublariga nisbatan O'zbekiston Superliga chempionatida to'plangan ochkolaridan 3 ochko olib tashlash (uch ochkodan mahrum qilish) hamda qishki transfer oynasida xalqaro va milliy darajada yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yish, shuningdek, “Andijon”, “Xorazm”, “Buxoro”, “TerDU” klublariga ham qishki transfer oynasida xalqaro va milliy darajada yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yish, “Qumqo'rg'on-1977” futbol klubini esa musobaqadan chetlashtirish choralarini qo'llash masalalari kun tartibidan o'rin oladi", – deyiladi O'zbekiston futbol associaciyasi xabarida.
Avvalroq "Navbahor" futbol klubiga sankciya qo'llanishi haqida xabarlar chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar