So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  6 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

"Navbahor" "So'g'diyona" bilan uchrashuvga kirish tekin ekanligini elon qildi Yangiliklar

"Navbahor" "So'g'diyona" bilan uchrashuvga kirish tekin ekanligini elon qildi

Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

"Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi davom etayotgan shu kunlarda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqovning tashabbusi bilan "Navbahor" jamoasining ko'p ming sonli muxlislarining fidoyiliklariga hurmat tariqasida, qolaversa, qutlug' Ramazon oyi sovg'asi sifatida 1 aprel kuni bo'lib o'tadigan Coca Cola Superligasi 4-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "So'g'diyona" uchrashuviga kirish BEPUL qilib belgilandi.

Bu ham, albatta, futbol muxlislari auditoriyasini kengaytirish, stadionga tomoshabinlarni jalb qilish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarning uzviy davomidir.

SHu munosabat bilan muxlislarga 1 aprel kungi uchrashuvda Namangan shahri, Davlatobod tumanidagi "Markaziy" o'yingohiga bepul tashrif buyurib, stadiondagi CIP sektordan tashqari, boshqa barcha sektorlarga joylashishlari mumkinligini malum qilamiz. 

Stadionga tashrif buyuruvchilardan jamoat tartibi va muxlislik madaniyatiga qatiy rioya qilishlari, xususan, huquq-tartibot organlari xodimlari, atrofdagi boshqa tomoshabinlar va futbol uchrashuvi rasmiylariga nisbatan hurmat saqlashlari lozimligini eslatib o'tamiz", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Malumot uchun, "Navbahor" – "So'g'diyona" uchrashuvi 1 aprel kuni soat 18:00 da boshlanadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика