So’nggi yangiliklar

21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  7 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0

“Nasaf”ning finaldagi ilk golini kim urgan? Yangiliklar

“Nasaf”ning finaldagi ilk golini kim urgan?

“Nasaf” jamoasi O'zbekiston Kubogi finalida ilk marta 2003 yilda ishtirok etgan. Ushbu final uchrashuvida “ajdarlar” Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bilan tuqnash kelishgan.

Uchrashuv 2003 yil 15 avgustda “Paxtakor” markaziy stadionida o'tkazilgan. 15 000 tomoshabin qarshisida bo'lib o'tgan final uchrashuvida jamoamiz 3:1 hisobida mag'lub bo'lgan.
 
Uchrashuvning 38-daqiqasida “Nasaf” jamoasining final uchrashuvidagi ilk golini 12-raqamdagi hujumchisi Dilshod Mavlanov kiritgan. Bu bilan Dilshod Mavlanov “Nasaf” jamoasining birinchi final uchrashuvidagi birinchi goli muallifi sifatida tarixda qolgan.
 
Ushbu sobiq futbolchimiz jamoamiz safida 2001-2006 yillar faoliyat yuritgan.  Dilshod Mavlanov - “Mongol” laqabi bilan jamoamiz  muxlislari yodida qolgan. Dilshod Mavlanovga oid yana bir qiziqarli fakt, O'zbekiston Kubogi-2016 final uchrashuvi kuni u o'zining 40 yoshini nishonlaydi. Sobiq futbolchimiz ayni damda Jizzax shahrida, bolalarga murabbiy sifatida futbol sirlarini o'rgatib kelmoqda.
 
“Nasaf”ning O'zbekiston Kubogi finalidagi so'nggi goli muallifi SHerzod Azamov bo'lib turibdi. Esingizda bo'lsa, 2015 yil 17 oktyabr kuni Jizzaxda o'tkazilgan  final uchrashuvining 74-daqiqasida SHerzod Azamov gol kiritgan edi. Uchrashuv 2:1 hisobida jamoamiz g'alabasi bilan yakunlangan. SHunisi qiziqki, ushbu uchrashuvda SHerzod Azamov 84-daqiqada avtogol muallifi ham bo'lgan.  
 
“Nasaf” jamoasi final uchrashuvlarida raqiblari darvozasiga jami 5ta gol kiritgan.
 
Quyidagi O'zbekiston Kubogi final uchrashuvlarida gol urgan o'yinchilarimiz ro'yxatini etiboringizga havola qilamiz:

 
2003 yil. “Nasaf” – “Paxtakor” 1:3. Dilshod Mavlanov (38)
2011 yil. “Paxtakor” – “Nasaf” 3:1. Jahongir Jiyamurodov (90 pen.)
2012 yil. “Bunyodkor” – “Nasaf” 3:0
2013 yil. “Nasaf” – “Bunyodkor” 1:2. Ilhom Yunusov (53)
2015 yil. “Bunyodkor” – “Nasaf” 1:2. SHerzod Azamov (84 avtogol) - Artur Gevorkyan (71), SHerzod Azamov (74).

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика