So’nggi yangiliklar

16:33Жаба Жигаури: "Қизилқум" ғалабага муносиб эди"  0 16:05"Бавария" юлдузи учун 100 млн евро: даъвогарлар маълум  5 15:37Ҳамдамов ва Пажишек тандеми яна иш берди, “Қўқон-1912” жуда кеч уйғонди — Абдулазиз Искандаров  5 15:11Суперлига. "Локомотив" 2010 йилдан бери "Машъал" майдонида ютқазмаяпти  0 14:44"Андижон"нинг "Қизилқум" майдонидаги ғалабасиз серияси 10 та ўйинга етди  0 14:24Расман: "Металлург" Мўминжонов билан 3 йиллик шартнома тузди  3 14:07"Пахтакор" Қўқонда ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:46"Манчестер Юнайтед" шов-шувли қадам тайёрламоқда  9 13:23"Андижон" бош мураббийи: "1-турда рақиб "Қизилқум"ни мўжиза туфайли мағлуб этганди"  17 13:104 та қизил кўрсатилган оқшом —"Бухоро"нинг "Навбаҳор" майдонидаги охирги ғалабаси қандай бўлган?  0 12:43"Бу — бизнинг айбимиз": Ван Дейк аутсайдердан учралган мағлубиятга кескин изоҳ берди  2 12:15Фабио Каннаваро нега айнан Атлантани танлади?  8 11:46"Қизилқум"дан енгилган "Андижон"ни энди ким синовдан ўтказади?  4 11:25"Навбаҳор" собиқ футболчиси қирғиз жамоасига ўтди  1 10:19"Манчестер Сити" футболчиси кечаги учрашув ҳакамлигини танқид қилди  3

"Nasaf"ning bugungi raqibi – "Sharja shahrining qirollari" haqida Yangiliklar

"Nasaf"ning bugungi raqibi – "Sharja shahrining qirollari" haqida

"Nasaf"ning OFK Elit Chempionlar Ligasi 8-turdagi raqibi haqida so'z yuritamiz.

16 fevral kuni "Nasaf" klubi OFK Elit Chempionlar Ligasi musobaqasining 8-turi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" jamoasi bilan kuch sinashadi.

Keling, ushbu jamoa haqida biroz to'xtalamiz.

"Sharja" jamoasi 60 yillik tarixga ega. Klub 1966 yilda tashkil topgan.

Jamoaga muxlislar tomonidan The King Sharja ("Sharja shahrining qirollari") degan laqab berilgan. 

Klub o'z uy uchrashuvlarini Sharja shahridagi "Sharja" stadionida o'tkazadi. Ushbu maydon o'z bag'riga 12 mingdan ziyod muxlisni sig'dira oladi.

Jamoa Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 6 karra g'olibi, 10 karra Prezident kubogi sohibi va 4 karra mamlakat Superkubogi g'olibi hisoblanadi. Shuningdek, jamoa o'tgan mavsum Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasida ham zafar quchgan.

"Sharja" shu vaqtgacha Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan o'tkazilgan rasmiy musobaqalarda 62 o'yin o'tkazgan. Ulardan 26 tasida g'alaba, 20 tasida mag'lubiyat, 16 tasida esa durang natija qayd etilgan.

Jamoani ayni paytda 61 yoshli angolalik mutaxassis Xose Morais boshqarmoqda. U o'z faoliyati davomida "Inter", "Real", "Chelsi" kabi klublarda ishlagan.

Murabbiy "Chonbuk Motors" jamoasi bilan 2 karra Janubiy Koreya chempionligini, "Al Hilol" bilan Saudiya Arabistoni Pro ligasi g'olibligini, shuningdek, 2023/24 yilgi mavsumda "Sepaxon" klubi bilan Eron Hazfi Kubogini qo'lga kiritgan.

Jamoa tarkibida ayni paytda Maro Katinich, YU Min Cho, Leandrino, Vladimir Priyovich, Feta Fetai, Firas Ben Larbi, Igor Koronado kabi legioner futbolchilar to'p tepmoqda.

Ushbu klub O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari uchun ham begona emas. Yaqin yillarda "Sharja" jamoasi safida O'zbekiston terma jamoasi azosi Otabek Shukurov faoliyat olib borgan.

Eslatib o'tamiz, OFK Elit Chempionlar Ligasi 8-turidan o'rin olgan "Sharja" – "Nasaf" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
16 fev 20:15:12
Shoxruzbek Aliboyev
Nasaf bugun muhlislar faqat g'alaba kutyabdi
+1   
16 fev 17:15:28
Abdimurot Bakiev
Ха охирида узингни курсат Насафжон
+1   
16 fev 17:14:47
Abdimurot Bakiev
Olga Hasaf
   
16 fev 23:20:01
sssrni sarqiti
Bexzodbek Xoldarov foydalanuvchining fikriga javob berish
xechnarsaga erisholmasang xam yutib bizni yayratgin Nasaf.Xech bolmasa raqibdan ochko ol men shunda mazza qilaman
Mazza qiling, bugun Nasaf yutdi. Tabriklayman!
   
16 fev 19:51:28
Zamina
Bexzodbek Xoldarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Yutqazsa kotta pulga sotgan boladi Nasaf
Nasafni hozirgi ahvolida yutish qiyin emas, nimasi kelishilgan boʻladi, yoki selar faqat yutsanglar halolmi
   
16 fev 19:23:35
Bexzodbek Xoldarov
xechnarsaga erisholmasang xam yutib bizni yayratgin Nasaf.Xech bolmasa raqibdan ochko ol men shunda mazza qilaman
   
16 fev 18:26:19
barselona7
Бугун Насаф ҳеч қандай босимсиз ўйнайди. Шаржа эса Ал Саад ёки Ал Духаилдан бири очко йўқотишидан умид қилиши мумкин холос акс ҳолда ғалаба ҳам ҳеч қандай ёрдам бермайди Шаржага. Насафнинг бўлари бўлди ҳеч бўлмаганда сўнгги ўйинда ўзини кўрсатса яхши бўларди. Аммо Бердиев бирор нимани ўзгартиришига ишониш қийин.
-1   
16 fev 19:25:00
Bexzodbek Xoldarov
Yutqazsa kotta pulga sotgan boladi Nasaf
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика