"Nasaf" qishda kimlar kelgani va ketganini elon qildi
25 jan 2023 14:57
Yangiliklar
"Nasaf" qishda kimlar kelgani va ketganini elon qildi
O'tgan mavsumda jamoa tarkibida to'p tepgan rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov, himoyachi Dilshod Saitov, yarim himoyachi SHarof Muhitdinov "Nasaf"ni tark etdi.
SHuningdek, yana bir yarim himoyachi Murodbek Rahmatov Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga ijaraga berildi.
Jamoani tark etgan futbolchilar o'rniga yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolanganidan xabaringiz bor. Xususan, o'tgan mavsum "Qo'qon-1912"da harakat qilgan Javohir Sidiqov, Navoiyning "Qizilqum" klubida o'ynagan himoyachi SHuhrat Muhammadiev va Tojikiston milliy terma jamoasi azosi Muhammadjon Rahimov Qarshiga taklif etildi.
Eslatib o'tamiz, qarshiliklar xorijiy yig'inni o'tkazish uchun 27 yanvar kuni Turkiyaga uchib ketadi.
Avvalroq "Nasaf" 2023 yilda qaysi brend liboslaridan foydalanishi malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar