So’nggi yangiliklar

13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  2 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  3 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  48 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  6 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  4 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  13 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0

"Nasaf" "Neftchi" bilan o'yinga jiddiy tayyorlanmoqda (FOTO) Yangiliklar

"Nasaf" "Neftchi" bilan o'yinga jiddiy tayyorlanmoqda (FOTO)

"Nasaf" jamoasi Oliy liganing 10-turidan o'rin olgan markaziy bahsda Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan kuch sinashishadi.
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasini 10-turda qiyin sinov kutmoqda. "Ajdarlar" navbatdagi o'yinni safarda chempionat peshqadami bo'lib turgan "Neftchi"ga qarshi o'tkazishadi.

Kecha kechqurun jamoa o'z qarorgohida mashg'ulot o'tkazdi va kechki reys orqali Toshkentga parvoz qildi. "Nasaf" delegaciyasi bir kunni poytaxtda o'tkazishadi va ertaga Farg'ona tomon otlanishadi.

Biz "ajdarlar"ning "Neftchi"ga qarshi o'yini oldidan o'z qarorgohlarida o'tkazgan so'nggi mashg'ulotini kuzatib bordik.

Mashg'ulot oldidan barcha futbolchilar 10-15 daqiqa personal ravishda ishlashdi. Keyinchalik barcha futbolchilar bir guruh bo'lib yugurishdi.

Faqatgina "Nasaf"ning chap qanot himoyachisi Botir Qoraev yakka tartibda shug'ullandi.

Mashg'ulotlarga odatdagidek jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev boshchilik qildi. Unga yordamchi murabbiylar SHuhrat Toshpo'latov hamda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Ilnur Sibagatullin ko'maklashishdi.

Darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov esa o'z shogirdlari Eldorbek Suyunov, O'tkir Yusupov hamda Alibek Turopovlarni shug'ullantirdi. 

Futbolchilar Farg'onadagi bahsga jiddiy hozirlik ko'rishayotgani mashg'ulotlarda sezilib turdi.

Quyida mashg'ulotlardan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.



Foto: Sardor Nurov

SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика