So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

"Napoli"ning 87 yoshli muxlisi haqida Yangiliklar

"Napoli"ning 87 yoshli muxlisi haqida

"Yuventus"ga qarshi bahsdan oldin jurnalist va Neapol jamoasining muxlisi Vinchenco Imperatore ajoyib voqeani so'zlab berdi.

Imperatorening 87 yoshli otasi "Napoli"ga muxlislik qiladi. Uning otasi alcgeymera (miya hujayralarining shikastlanishi) kasalligiga chalingan. Bu kasallik tufayli asta-sekin xotirasini yoqotib bormoqda. Hattoki, ikki-uch kun oldin bo'lgan voqealarni ham unutib qo'yadi. Vinchenco otasini xursand qilishning ajoyib yo'lini topdi: har ikki kunning birida otasiga "Napoli" turinliklar ustidan g'alaba qozondi deb aytadi.

"Har 2-3 kunda otamning yoniga borib bugun yashanba deb aytaman. U Italiya CHempionati o'yinlari faqat dam olish kuni bo'lib o'tadi deb o'ylaydi. Men esa so'zimda davom etib: "Dada, bugun "Keksa sinora" "Napoli"ga qarshi maydonga tushadi deyman. O'sha payt uning yuzida hayojon aralash havotir ham paydo bo'ladi. CHunki uning jamoasi "Yuve"ga mag'lub bo'lishidan juda ham qo'rqadi", — deydi jurnalist.

Otamning xonasidagi televizorga kabel ulanmagani sababli futbol tomosha qilishning iloji yo'q. Uning o'zi o'yin natijasini bila olmaydi. So'ng men ishga ketdim deya chiqib ketaman. Yarim soatdan keyin esa unga qo'ng'iroq qilaman va bor ovozim bilan baqirib shunday deyman: "Dada, g'alaba muborak. "Napoli" yutdi!"

"Enco, rostdanmi? — otamning ovozi titrab, quvonchi ichiga sig'may ketadi. — Qanday yaxshi xabar! Ishongim kelmayapti!"

"Napoli" — otamni davolaydigan, unga quvonch bag'ishlab, sog'lig'ini ijobiy tomonga o'zgartiradigan dori. Kuni kecha bo'lgan o'yindagi natija ham muhim emas. CHunki otamning sevimli "Napoli"si doim g'alaba qozonadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика