A Seriya. "Napoli" va "Roma" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi
16 fev 02:40
Yangiliklar
A Seriya. "Napoli" va "Roma" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi
Italiya A Seriyasi 25-tur doirasidagi "Napoli" - "Roma" o'yini bo'lib o'tdi.
Doniell Malen 7-daqiqadayoq gol urib, rimliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 40-daqiqada Leonardo Spinaccola hisobni tenglashtirdi. 71-daqiqada Doniell Malen penaltidan unumli foydalanib, hisobni o'zgartirdi, ammo neapolliklarning braziliyalik forvardi Alisson Santos 82-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.
"Napoli" A Seriyada 25 o'yindan so'ng 50 ochko jamg'argan holda uchinchi, "Roma" esa 47 ochko bilan to'rtinchi o'rinni band etgan.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar