"Napoli" "Liverpul"ning ikki hujumchisini xarid qilishga yaqin
15 iyu 13:54
Yangiliklar
"Napoli" "Liverpul"ning ikki hujumchisini xarid qilishga yaqin
"Napoli" "Liverpul"ning ikki hujumchisi Darvin Nunes va Federiko Kezani o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Mersisaydliklar ikki futbolchi uchun 105 million evro olmoqchi. Qayd etilishicha, "Napoli" kelasi haftada "Liverpul"ga transfer taklifi bilan chiqishi mumkin. Har ikki forvardning transferiga shaxsan neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte qiziqish bildirmoqda.
25 yoshli Nunes o'tgan mavsum "Liverpul" safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 7 ta golga hammualliflik qilgan. 27 yoshli Keza Angliya jamoasi safida 14 ta o'yinda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar