"Napoli" futbolchisi "Real" o'tmaydi
27 iyu 2019 12:03
Yangiliklar
"Napoli" futbolchisi "Real" o'tmaydi
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis klubda qoladigan bo'ldi.
Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar qildi. "Real" 23 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olishni xohlayotgan edi. Transfer yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatidan so'ng yakunlanishi kerak edi, ammo bitim tuzilmay qoldi.
23 yoshli futbolchi "Betis" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ijara asosida "Elche"da ham to'p surgan. 2018 yildan esa "Napoli" sharafini himoya qilmoqda.
Tayanch yarim himoyachisi klubida 8-raqam ostida to'p tepadi.
O'yinchi yakunlangan mavsum 46ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assistga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar