So’nggi yangiliklar

07:30ОКМК сардори Тошкент жамоасига ўтиши мумкин  0 03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  28 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  2 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  23 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  42 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4

Najmiddin Normurodov: "Guruhdan birinchi o'rin bilan chiqishni maqsad qilganmiz, "Bunyodkor"ning vazifasi o'zgarmaydi" Yangiliklar

Najmiddin Normurodov: "Guruhdan birinchi o'rin bilan chiqishni maqsad qilganmiz, "Bunyodkor"ning vazifasi o'zgarmaydi"

"Bunyodkor" himoyachisi Najmiddin Normurodov O'zbekiston Kubogi doirasida o'tkazilgan "Buxoro"ga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Futbolchi kecha so'nggi daqiqalarda Luis Kachorrining g'alaba goliga assistentlik qildi. 

- "Bunyodkor"da so'nggi 2ta o'yinda Itsuki Urataning qanotida to'p tepmoqdasiz. Qaysidir manoda avvalgiga nisbatan vazifangiz o'zgardi. Bu noqulaylik tug'dirmayaptimi?

- Murabbiy qaerga qo'ysa o'sha joyga moslashishga tayyorman. Poziciyam o'zgargani bilan jamoaga yordamim tegsa xursandman. Bu borada muammo yo'q. 

- Chetlatish o'yin tempiga qanchalik tasir qildi? 

- O'yinning biroz zerikali ko'rinish olishiga qizil kartochka ham sabab bo'ldi. O'yin nazorati bizda bo'lishi kerak edi. Lekin aksincha kuzatildi. Biz natija uchun o'ynadik. Raqibga hurmat saqlagan holda aytamanki, hisob haqli bo'ldi. 

- O'tgan o'yinga qaraganda qanday tafovut sezildi? Ko'rsatmalar, o'yinga tayyorgarlikdachi?

- Bizning vazifamiz o'zgargani yo'q. Muhimlilik jihatdan ikkita o'yin ham bir xil kechdi. Qisqa qilib aytganda ikki jamoa o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rganligi bilindi. Biz birinchi o'rin bilan guruhdan chiqishni maqsad qilganmiz. 

- Ilyos Zeytullaev kelgach oldinga ko'proq o'tyapsiz. Hujumkor himoyachiga aylandingiz...

- "Bunyodkor"ga Pro ligadan kelgandim. Baribir daraja bilinadi. Jamoaga moslashishga qiynaldim. Ilyos Bekirovich kelgach ishonch bildirmoqda. Eng muhimi shu. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика