MYU Valensiya bilan shartnomani uzaytirmaydi
01 mar 2019 23:13
Yangiliklar


MYU Valensiya bilan shartnomani uzaytirmaydi
"Manchester Yunayted" sardori Antonio Valensiya klubni tark etadi.
MYU 33 yoshli ekvadorlik bilan shartnomani uzaytirish bandini faollashtirmaslikka qaror qildi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher matbuot anjumanida xabar berdi.
Valensiya bilan amaldagi shartnoma 2019 yil yozida yakuniga qadar mo'ljallangan. U jamoani yozda tark etadi. Antonio mankunianliklar safida 2009 yildan beri harakat qilib kelmoqda va "qizil iblislar" uchun 300 ta uchrashuv o'tkazgan evropalik bo'lmagan birinchi futbolchi sanaladi.
O’xshash yangiliklar
00:44
"Barselona" Reshfordni 30-35 mln evroga sotib olish huquqiga ega bo'ladi. MYU 50 mln xohlagandi 3

Fikrlar