So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

MYU - Tottenxem, Milan - Roma va haftaning yana 4 to'qnashuvi Yangiliklar

MYU - Tottenxem, Milan - Roma va haftaning yana 4 to'qnashuvi

SHanba, yakshanba va dushanba kunlari Evropada bir qator etiborli uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Erudit Sport nashri quyida haftaning markaziy 6 qarama-qarshiligini tomosha qilishni tavsiya etadi:
 
12 dekabr (dushanba)
Soat: 00:45 (Toshkent vaqti)
“Vilyarreal” – “Atletiko” Madrid

O'zaro uchrashuvlar:
10 G'ALABA 7 DURANG 11 G'ALABA
So'nggi uchrashuv: “Vilyarreal” – “Atletiko” Madrid 1:0 va 0:0
Imkoniyat: 30/30/40
Jamoalarning transfer qiymati:

“Vilyarreal” – “Atletiko” Madrid
173,20 million evro VS 509 million evro

O'yin haqida ikki og'iz:
Bir qarashda “Sariq submarina” va “Matraschilar” o'rtasida er bilan osmonchalik farq ko'zga tashlanadi. Ayrim faktlar buni tasdiqlaydi ham. Misol uchun, “Vilyarreal” tarkibi “Atletiko”dan qariyb uch barobar arzonroq. Maydon egalarini assistentlikdan boshi chiqmagan Fran Eskriba boshqarayotgan bo'lsa, mehmonlarni ko'zga ko'ringan mutaxassis Diego Simeone shug'ullantiradi. Bir vaqtning o'zida tanganing ikkinchi tomoniga razm solish maqsadga muvofiq. Ayni damda mezbonlar La ligada darvozasidan eng kam to'p olib chiqqan jamoa hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mustahkam himoya qo'rg'oniga ega madridliklardan o'zib ketgan. Ustiga-ustak, jamoalar o'rtasidagi bahs principiallikka ega. To'g'ri, klublar to'qnashganda fanatlar “gollar shousi”ga guvohi bo'lmaydi. Biroq so'nggi besh matchning ikkitasida Eskriba shogirdlari, yana ikkitasida Simeone qo'l ostidagi jamoa kichik hisobda g'alaba qozongani ko'p narsani anglatadi.

 11 dekabr (yakshanba)
 “Torino” – “Yuventus”

Soat: 19:00
O'zaro uchrashuvlar: 37 G'ALABA 41 DURANG 68 G'ALABA
So'nggi uchrashuv: “Torino” – “Yuventus” 1:2 va 1:4
Imkoniyat: 30/30/40
Jamoalarning transfer qiymati:

“Torino” – “Yuventus”
101,25 million evro VS 444 million evro

O'yin haqida ikki og'iz:
A Seriyada o'z uyida mag'lubiyat ko'chasiga kirmagan besh klub mavjud. Ularning orasida murabbiy Sinisha Mixaylovichning “Torino”si bor. Joriy mavsumda chempionatda raqib maydonida yutqazmagan jamoaning o'zi yo'q. Ular orasida murabbiy Massimiliano Allegrining “Yuventus”i bor. “Turin derbisi” ishtirokchilarining natijalari bilan tanishdingiz. SHunisi qiziqki, “Ko'hna sinora” yangi asr boshidan beri “Buqalar”ni ko'zini ochirmaydi. Yani, keyingi o'n olti yil ichida o'n etti marotaba maydonda uchrashgan mezbonlar bor-yo'g'i olti ochkoning egasiga aylangan. Holbuki, “Torino” ustozi noxush ananaga barham berish haqida o'ylamoqda. Sababi bunga etarli asosi bor. Birinchidan, raqib darvozasini ishg'ol etishda “Roma”dan keyingi ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Boshqa tomondan, “Yuve”ni Seriyaning sakkizinchi va o'ninchi klublari er tishlatib ulgurdi. “Zebralar”ning mehmonda qayd etayotgan natijasi ham maydon egalarining foydasiga ishlaydi: 42 foiz matchni boy bergan, 31 foiz to'pni kiritgan, 58 foiz golni o'tkazib yuborgan.

10 dekabr (shanba)

“Lester Siti” – “Manchester Siti”
...


maqolaning qolgan qismini "Erudit-Sport" sayti orqali o'qish mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика