MYU “Real”ning hujumkor yarim himoyachisini qo'lga kiritishga yaqin turibdi
26 iyu 2020 19:40
Yangiliklar
MYU “Real”ning hujumkor yarim himoyachisini qo'lga kiritishga yaqin turibdi
Gap Xames Rodriges haqida ketmoqda.
Daily Express xabar berishicha, manchesterliklar rahbariyati Xamesni qo'lga kiritish uchun 25 mln evro sarflaydi. SHuningdek, kolumbiyalik futbolchiga “Everton” ham qiziqmoqda.
29 yoshli o'yinchi 2014 yil “Monako”dan “Real” safiga kelib qo'shilgan edi. U joriy mavsum klub libosida 14 o'yinda qatnashdi va 1+2 natija ko'rsatdi. Uning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portali esa Rodrigesni 32 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar