MYU angliyalik yulduz uchun katta pul to'lashga tayyor
19 fev 12:24
Yangiliklar
MYU angliyalik yulduz uchun katta pul to'lashga tayyor
"TEAMtalk" malumotlariga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati "Nyukasl" vingeri Entoni Gordon uchun taxminan 100 mln evro (87,4 mln funt) to'lashga tayyor.
Xabar qilinishicha, agar jamoa vaqtinchalik murabbiy Maykl Kerrik qo'l ostida Chempionlar Ligasiga chiqsa, klub egasi hisoblangan INEOS kompaniyasi transferlarga 200 mln funtdan ortiq sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning takidlashicha, "Yunayted"ni futbolchining universalligi o'ziga tortmoqda — Entoni chap qanotda yuqori tezlikka ega bo'lish bilan birga, markaziy hujumchi rolida ham chakki emas.
Gordon ushbu mavsumda sermahsulligi bilan ajralib turibdi. "Nyukasl" safida u hozirgacha 141 o'yinda 32 ta gol urib, 28 ta golli pas bergan.
MYU ingliz futbolchisidan tashqari "Leypcig" yulduzi Yan Diomandeni ham kuzatmoqda, biroq Premer-ligadagi tajribasi tufayli Gordon hozircha ustuvor maqsad bo'lib qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar