So’nggi yangiliklar

23:32АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ва "Брайтон" ўртасидаги ўйинда 6 та тўп киритилди  28 23:26А Серия. "Наполи" ўз уйида "Интер" дарвозасига учта тўп киритди  2 23:08БАА Президенти кубоги. "Бани Яс" 1/8 финалда "Ал Наср"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  1 22:58Баҳром Ҳайдаров: "Ўйин назоратимиз остида ўтди"  2 22:37Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Брест"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 22:18Шерзод Жўраев: "Мухлисларни хурсанд қилиш мақсадида майдонга чиққандик"  3 22:05Суперлига. "Шўртан" — "Нефтчи" 0:2  1 21:39Асрор Алиқулов: "Футболчиларимиз охиригача курашишди"  2 21:11Виталий Левченко: "Суперлигадаги барча клублар ҳурматга лойиқ"  16 21:02Суперлига. "Қўқон-1912" 2-бўлимга қўшилган дақиқаларда урилган голлар эвазига бир киши кам "Навбаҳор"ни мағлуб этди  45 20:58АПЛ. "Челси" ўз уйида 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва "Сандерленд"га мағлуб бўлди  16 19:57"Реал"нинг Класико учун қайдномаси маълум  15 19:15ОПЛ. "Араз" ва "Сабаҳ" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди, Раҳмоналиев тўлиқ ўйнади  1 18:52Дембеле: "Мбаппе "Олтин тўп"га лойиқ"  13 18:28Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди   56

Murodbek Bobojonov oliy ligadagi debyut golini urdi! Yangiliklar

Murodbek Bobojonov oliy ligadagi debyut golini urdi!

Kuni-kecha oliy liganing 11-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Toshkentda “Bunyodkor” mehmoni bo'lgan “Neftchi” jamoasi amaldagi chempion maydonidan bir ochko bilan qaytishga erishdi.
Uchrashuvda kiritilgan ikki gol oxirgi 10 daqiqalikda yuz berdi. Aynan ushbu gollar o'yin suratini bezadi desak mubolag'a bo'lmaydi.

1:0 hisobida ortda qolayotgan farg'onaliklar 90-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etib, irodali durangga imzo chekdi.

Jamoamizning ushbu yagona goliga Murodbek Bobojonov mualliflik qildi. O'tgan mavsum birinchi ligada “Xorazm” safida o'ynab to'purarlik mahoratini namoyish etgan Bobojonov joriy yil boshida “Neftchi” tarkibiga kelib qo'shilgandi. 20 yoshli hujumchi elitada debyut uchrashuvini 3-turda “Navbahor”ga qarshi o'tkazgandi.

“Bunyodkor”ga qarshi kechgan bahsda ham bosh murabbiy uni zaxiradan maydonga tushirdi. Levan Gvazavani o'rnini egallagan Murodbek Bobojonov uchrashuvning so'nggi daqiqalari o'tib borayotgan bir paytda, Bugalo darvozasi tomon aniq zarba yo'llab farg'onalik ishqibozlarga olam-olam quvonch taqdim etdi.

Ko'rib turganingizdek Murod Ismoilov tomrnidan qilingan ushbu o'zgarish o'zini oqladi va “Neftchi” yakunda Toshkentdan muhim bir ochko bilan qaytdi. Etiblorlisi ushbu gol Bobojonovning oliy ligada kiritgan ilk to'pi bo'ldi.

Birinchi ligadagi debyut golini o'tgan yili “Orol” jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritganini ham aytib o'tish kerak.
Bobojonovdan kelgusi uchrashuvlarda ham gollari bilan “Neftchi” g'alabalariga hissa qo'shishini kutib qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика