Murod Otajonov: "Bugun teng kuchli ikki jamoa o'rtasidagi o'yinga guvoh bo'ldik"
12 apr 2023 23:48
Yangiliklar
Murod Otajonov: "Bugun teng kuchli ikki jamoa o'rtasidagi o'yinga guvoh bo'ldik"
" - Yaxshi o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa ham teng kuchdagi jamoa ekani o'yin davomida ko'rindi. Bitta gol urgan tomon yutib ketadigan o'yin edi.
Bugun ko'proq yoshlarga imkoniyat berdik. O'yindan keyingi xulosa, jamoamiz yoshlari kuchli raqib qarshisida o'zlarini yomon ko'rsatishmadi. Yoshlar bizning, jamoamizning kelajagi hisoblanishadi.
O'yin durang bo'ldi, 0:0 hisobidagi natija. Kubok o'yinlaridagi g'alaba chempionat o'yinlarida motivaciya berardi. Biz shuni tushungan xolda harakat qildik. Takror aytaman, bugun ikkita teng kuchli jamoa o'rtasidagi o'yinga guvoh bo'ldik.
Maydon sifati yaxshi darajada ekan. Masalan bizning "Bunyodkor" stadionida ham, bu maydonda ham U-20 Osiyo kubogi o'yinlari o'tkazildi. "Istiqlol" chimlari alo darajada parvarishlanibdi. SHuningdek, "Paxtakor" maydoni ham eng yaxshilaridan biri" - deydi "Bunyodkor" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar