So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Murabbiy jamoadan, futbolchilar esa murabbiydan zerikkan Yangiliklar

Murabbiy jamoadan, futbolchilar esa murabbiydan zerikkan

Bugun 17:30 da Angliya Premer-ligasi 21-turi doirasida "Liverpul" "Enfild"da "CHelsi"ni sinovdan o'tkazadi. Turnir jadvalida 9 chi va 10 chi pog'onalarda joylashgan jamoalar uchun ochko, suv va havodek zarur.

Ikkala tomonda ham o'xshash holat. Klopp jamoasi mavsumni omadsiz tarzda o'tkazmoqda, muammo nimada ekanligi ham unchalik aniq emas, ehtimol murabbiy futbolchilardan, futbolchilar esa murabbiydan zerikkandir. "CHelsi" boshqaruvi Roman Abromovichdan amerikaliklarga o'tib ketgach, klub haligacha oldingi mavqeyini tiklay olmayapti. Transferlarga sarflanayotgan millionlardan hozircha naf yo'q. Mavsum avvalida jamoa boshqaruviga kelgan Grem Potter, vaziyat shu ketishda davom etsa istefoga chiqarilsa kerak. 


Ehtimoliy o'yin kartinasi


Mezbonlar "Enfild"da birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashlari tabiiy, londonliklar esa asosan qarshi hujumlardan omadlarini izlashsalar kerak. Jamoalar o'rtasidagi so'nggi 4 o'yinning barchasida durang qayd etilgani, bugun bizni teng va qarama-qarshiliklarga boy bahs kutib turganidan darak.

"Liverpul"da Manening ketishi ortidan hosil bolgan kemtik haligacha bo'sh turibdi. Gol "mashinasi" deya olib kelingan Darvin Nunyesning ishlari o'xshamayapti, JCH kashfiyotlaridan biri Kodi Gakpoda moslashuv jarayoni kechmoqda. Klub so'nggi 5 o'yinda 6 gol urgan va 9 bor o'tkazib yuborgan. Mersisaydliklar o'rtacha bir o'yinda 1 gol bilan kifoyalinishmoqda, bu esa hujumkor o'yin uslubiga tayangan jamoa uchun qo'rqinchli holat. Yurgen Klopp "Liverpul"da o'zining so'nggi mavsumini o'tkazayotgandir ehtimol. Ushbu masalada Grem Potterga ham havas qilib bo'lmaydi. Bir Necha omadsiz o'yinlardan so'ng "CHelsi"da ishlayotgan mahalliy murabbiyning "ildizlari"ga "qurt" tushgan.  Londonliklarda ham tarkib tomonlama muammolar bor. Felish diskvalifikaciya sabab o'yinni o'tkazib yuborsa, Fofana, Sterling, Pulishich, Ris Jeyms, Ben CHilvel kabi futbolchilar hali jarohatidan forig' bo'lishmagan. Hujum chizig'idagi yo'qotishlar fonida londonliklarning yangi azosi, CHL guruh bosqichining eng tezkor futbolchilaridan biri Mixail Mudrikda  Premer-ligada debyut qilish uchun yaxshi imkoniyat bor. Umuman olganda ikkala jamoa ham optimal tarkibga ega emas, shu tomondan natijaning qanday bo'lishi ko'proq murabbiylarning taktik yurishlariga bog'liq.

Ko'ramiz va kuzatamiz...


Jaloliddin Xalilov.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика