Muntari: “Xayol “TikTok”da emas, o'yin haqida bo'lishi kerak. Seni 30 mln kishi kuzatmoqda”
12 dek 2022 08:15
Yangiliklar
Muntari: “Xayol “TikTok”da emas, o'yin haqida bo'lishi kerak. Seni 30 mln kishi kuzatmoqda”
“Inter” sobiq forvari Salli Muntari Gana TJ JCH-2022'da nega omadsizlikka uchraganining sababini aytdi.
Ganaliklar Portugaliya, Janubiy Koreya va Urugvay joy olgan guruhda oxirgi bo'ldi.
“Eskicha fikrlashni xohlamayman, ammo o'yinlar oldidan kiyim almashtirish xonasida TikTok'da o'tirish odatiy hol emas. Xayol faqat o'yin haqida bo'lishi kerak, chunki seni 30 mln kishi, butun millat kuzatib boradi”, degan Muntari.
Eslatib o'tamiz, 38 yoshli sobiq yarim himoyachi 2002-2014 yillarda Gana TJ sharafini himoya qilgan. U 2019 yil “Albasete” safida butsasini mixga ilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar