So’nggi yangiliklar

12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  0 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  2 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  6 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  6 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  6 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  1 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0

Mundial oldidan. Dilshod Hamroev: "Ishonganlarni ishonchini oqlamoqchiman" Yangiliklar

Mundial oldidan. Dilshod Hamroev: "Ishonganlarni ishonchini oqlamoqchiman"

Yoshlar terma jamoasining darvozaboni Dilshod Hamroev jahon chempionati oldidan championat.asia saytiga fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Etaklicha munosib raqiblar bilan maydonga tushib imkoniyatlarimizni baholab oldik. Jahon chempionatida jamoalar imkoniyati teng. Barcha terma jamoalarni maqsadi bitta bo'ladi. Eng munosiblar esa keyingi bosqichga o'tib boradi" , - deydi darvozabon Hamroev.

- Birinchi marta bunday yuqori darajadagi turnirda ishtirok etmoqdasiz. Bu sizga ruhiy jihatdan bosim yuklamayapdimi ?

Albatta bunday turnirda ishtirok etayotganimdan juda ham mamnunman. Birinchi navbatda menga ishonch bildirayotgan murabbiylarimga, "Qizilqum" futbol klubiga minnatdorchilik bildiraman. Ular meni qo'llab turibdi va qanday darajadagi turnirga borayotganligimni anglab turibman. Hali bosim haqida o'ylab ko'rganim yo'q. Bosim bo'lishi albatta aniq lekin bundan chiqib ketish eng muhimi.

- Guruhdagi raqiblarni va raqib hujumchilarini qay darajada o'rgandingiz ?


Germaniya va Gonduras kuchli raqiblar. Ular bilan bir xil o'yin ko'rsatsak bo'ladi. Kuchimizga ishonamiz. Maydonga tushish oldidan imga qarshi o'ynashni ahamiyati yo'q. Fidji ham Germaniya ham bir xil saviyadagi raqiblardir. Portugaliya misolida Germaniya o'yinini tasavvur qilayapman. Imkoniyatlarimiz teng. Hammasi o'z qo'limizda.

- Terma jamoamizda Sarvar Karimov , Botirali Ergashev kabi darvozabonlar bor. Karimov jahon chempionatida o'ynash tajribasiga ega. Ergashev ham yaxshi saviyali darvozabonlardan biridir. Raqobat bu termamizni mudofasini kuchayishiga xizmat qiladi.

SHu fikrga qo'shilaman. Raqobat bor joyda o'sish bor. Murabbiy eng munosibini tanlaydi. G'alabalar men uchun birinchi darajada.

- Jahon chempionatidan nimalarni kutmoqdasiz ?

Har kimni o'z orzusi bo'ladi. O'zbekiston bayrog'i ostida maydonga tushish bu klub emas. Bunda futbolchi yuz marta kuchli bosim va nigox ostida bo'ladi. Bizga ishonganlarni ishonchini oqlash birinchi vazifam va oqlamoqchiman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика