So’nggi yangiliklar

07:30ОКМК сардори Тошкент жамоасига ўтиши мумкин  0 03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  28 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  2 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  23 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  42 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4

Muhriddin Zoirov - 300 ming maosh, "SHo'rtan"dagi faoliyati, Abramov va "Lokomotiv" haqida Yangiliklar

Muhriddin Zoirov - 300 ming maosh, "SHo'rtan"dagi faoliyati, Abramov va "Lokomotiv" haqida

"Lokomotiv"ning yangi hujumchisi bilan suhbat.

Faoliyatini Qarshining "Nasaf" jamoasida boshlagan Muhriddin Zoirov keyinchalik "SHo'rtan"ga yo'l oldi. Aytishimiz mumkinki, forvard aynan G'uzorda muxlislarga tanildi, o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Bu esa uning faoliyatida keyingi qadamni tashlashiga zamin yaratdi. Zoirov 2025 yilni "Lokomotiv"da boshlaydi.

- Katta futboldagi ilk uchrashuvingiz "Nasaf"da, Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida kechgan. Debyut uchrashuvingiz qanday o'tgan? 

- O'sha vaqtda imkoniyat bergani uchun Ro'ziqul Berdievdan minnatdorman. Lekin yosh bo'lganim uchunmi yoki boshqa sababmi "Nasaf" asosiy tarkibiga qo'shilib keta olmaganman. Keyin esa "SHo'rtan"ga o'tganman. 

- Birinchi maoshingiz qancha bo'lgan?

- "Nasaf" o'rinbosarlari safida to'p tepayotgan vaqtimda 300 ming so'm maosh olganman. 

- Ro'ziqul Berdiev va Anvar Berdievni o'xshash tomonlari bormi?

- Ikki murabbiy ham tartib-intizomga jiddiy qarashadi. 

- "SHo'rtan"dagi faoliyatingiz qanchalik o'sishingizga yordam berdi?

- O'sha vaqtda G'uzorga kelish o'zim uchun foydali bo'lganini yillar o'tib angladim. Bu jamoada katta futboldagi o'rnimni topdim desam mubolag'a bo'lmaydi.

- "Lokomotiv"ga o'tish haqida to'xtalib o'tsangiz. Sizni Vadim Abramov ham o'z jamoasida ko'rishni istagandi lekin yakunda Samarqand emas, Toshkentga keldingiz...

- Yangi mavsumga rejalarim katta. Albatta Vadim Abramovning qiziqish bildirgani yoqimli. Ammo o'zim uchun to'g'ri qarorni qabul qildim. Faoliyatimda yangi sahifa ochilmoqda. Hammasi allohdan. "Lokomotiv" jamoasi meni iliq kutib oldi. Birinchi o'rinda jamoaga moslashib olishim kerak. Jamoaga qo'ldan kelgancha yordam berishni maqsad qilganman. "SHo'rtan" jamoasiga, rahbariyati, murabbiylar shtabi, muxlislarga rahmat aytaman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика