So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

Muxlis fikri: "O'yindan zavq oldim va uyga alo kayfiyatda ketyapman" Yangiliklar

Muxlis fikri: "O'yindan zavq oldim va uyga alo kayfiyatda ketyapman"

"Lokomotiv" - "Al Vaxda" uchrashuvini ko'rish uchun kelgan muxlislar fikri bilan qiziqdik.

O'yinga biroz kech qoldim. Aniqrog'i, roppa-rosa 16:00da tribunaga kirib keldim. Kelganimda, har bir jihat uchrashuv ichidagi va atrofidagi kichik voqea va hodisalarga ham etibor qaratdim. Stadion atrofida Evropa standartlaridan o'rnak olgan holda kassa va xavfsizlik xodimlari ajoyib ishlashdi. 

O'yingohga kiraverishda tartib juda havas qiladigan tarzda yo'lga qo'yilgan. Kayfiyatim ko'tarilgan holda o'z o'rnimni topib, asta-sekin joylashayotganim paytda "Lokomotiv" futbolchilari xursand qilishdi.  Anzur Ismoilov boshi bilan zarba berdi, Timurxo'ja Abduholiqov esa darvozaga to'pni yo'lladi.  Boshlanishi chakki emas, dedim ichimda.

Muhlislik madaniyati ham o'sganligi va jamoaning har bir futbolchisini o'ziga hos uslubda qo'llab-quvvatlab turilgani va kerakli paytda dalda bera olgani ko'nglimni yanada ko'tarib yubordi. 

O'yin o'rtalarida uchrashuvga kelgan mutaxassislarga ko'zim tushdi.  O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi va Ravshan Haydarovni bahsni jiddiy kuzatib borganliklarini guvohi bo'ldim. Darvoqe, bellashuvdan so'ng, Timurho'ja Abduholiqov milliy terma jamoamizning mart oyidagi yig'iniga chaqirilganligidan xabar topdim. Umuman, Diyor Turopov, Sardor Mirzaev kabi futbolchilar ham menda iliq taassurot qoldirishdi. Ularni ham yaqin orada O'zbekiston MTJ libosida ko'rib qolsak ajab emas. Jamshidda (Iskanderov) yaxshi texnika bor. Bugun u o'zining yorqin o'yinini ko'rsata olmadi. Lekin, Jamaga ishonaman, u hali o'zini ayyorona paslari orqali o'z o'yinini topib oladi. 

Uchrashuvning 90+3-Daqiqasida Islomning (To'xtaxo'jaev) jarimadan yo'llagan super zarbasiga qoyil qoldim. 

Umuman o'yin haqida fikrim ijobiy. Bugungi "Loko" va "Al Vahda" jamoalari to'qnashuvidan zavq oldim. "Lokomotiv" o'sishda davom etsa, bu yilgi OCHLda ushbu jamoadan yuqori natijalarni kutishimiz mumkin. Xato va kamchiliklar etarli. Lekin, mavsum boshida bu har qanday klubda sodir bo'ladigan vaziyat. Barakalla! Men juda xursandman, uyimga alo kayfiyatda ketyapman. Rahmat yigitlar! Bugun sizlarning ko'ziingizda ishtiyoqni ko'rdim. 

Ertaga "Paxtakor"dan ham kamida shunday o'yin kutib qolaman. Halqaro musobaqada hamyurtlarimizga omad tilayman!


TTZ dahasida istiqomat kiluvchi "Loko" muxlisi va SA o'quvchisi Abdusamat

Reyting: -53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика