Muhammad Saloh "Barselona"ga o'z xizmatlarini taklif qildi
11 mar 16:37
Yangiliklar
Muhammad Saloh "Barselona"ga o'z xizmatlarini taklif qildi
Manbaga ko'ra, misrlik o'yinchining vakili allaqachon Kataloniya klubi rahbariyatiga uning xizmatlarini taklif qilgan. Manbaning yozishicha, hujumchi Kataloniya klubiga o'tgan taqdirda, ispan grandi La Liganing moliyaviy talablariga javob berishi uchun maoshini sezilarli darajada pasaytirishiga to'g'ri keladi.
Qayd etilishicha, "Barselona" ham misrlik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qarshi emas, chunki klubni uning tajribasi va o'yin sifati o'ziga jalb qilmoqda, biroq kataloniyaliklardagi qiyinchiliklar tufayli maosh pasaygan taqdirdagina jiddiy muloqot bo'lishi mumkin.
Saloh joriy mavsum barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 30 ta gol va 22 ta golli uzatma yozdirib qo'yishga erishdi. Transfermarkt futbolchini 55 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar