Mourinyu uchun "Real" noqulay raqibga aylanmoqda: "Special One"da 7 o'yinda 5 ta mag'lubiyat
18 fev 11:20
Yangiliklar
Mourinyu uchun "Real" noqulay raqibga aylanmoqda: "Special One"da 7 o'yinda 5 ta mag'lubiyat
Bu mag'lubiyat jamoa ustozi Joze Mourinyu uchun sobiq klubiga qarshi bahslardagi navbatdagi omadsizlik bo'ldi.
Raqamlar nima deydi?
Portugaliyalik mutaxassis o'z faoliyati davomida turli klublar ("Portu", "Manchester Yunayted" va "Benfika") rulida Madrid grandiga qarshi jami 7 bor maydonga tushgan. Natijalar esa Mourinyu muxlislarini quvontirmaydi:
5 ta mag'lubiyat
1 ta durang
1 ta g'alaba
Yagona zafar:
Jozening "qaymoqranglilar" ustidan qozongan yagona g'alabasi aynan joriy mavsumda qayd etilgan edi. ECHLning umumiy bosqichida "Benfika" Madrid klubini 4:2 hisobida mag'lub etib, shov-shuv ko'targandi. Biroq pley-offning muhim pallasida madridliklar yana ustunlikni o'z qo'llariga olishdi.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu 2010 yildan 2013 yilgacha "Real" bosh murabbiyi sifatida ishlagan va 2011/12 yilgi mavsumda rekord natija bilan La Liga chempionligini qo'lga kiritgan edi. Endi unga sobiq jamoasini musobaqadan chiqarib yuborish uchun javob o'yinida chinakam jasorat kerak bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar