So’nggi yangiliklar

18:58Брандт АПЛ клубига ўтиши мумкин  0 18:25Энцо Фернандес: "Менинг орзуим — Чемпионлар Лигасида ғолиб чиқиш"  1 17:58Про лига. 1-тур ўйинлари саналари маълум  1 17:27АПЛ клуби “Ювентус" ҳужумчисини трансфер қилишга тайёр  1 16:49Гвардиола дисквалификация туфайли иккита ўйинни ўтказиб юборади  3 16:13"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин  15 15:44Футболнинг нони қаттиқ  4 15:21"Футбол олами". Маош йўқми? Ўйнамаймиз!   0 15:18Мирзаев, Мўминжонов, Ортиқов, Қиличев... "Металлург" раҳбарияти ва мураббийлар штаби таништирилди  1 15:06"Машъал" – "Қизилқум" учрашуви Ғузорда ўтказилмайди  3 14:34Эмери "Астон Вилла"дан кетиши мумкин  6 13:41Натан Аке "Барселона"га ўтиши мумкин  6 13:07Тиагу Мотта "Тоттенхэм"ни бошқариши мумкин  2 12:28"Бавария" ва "Интер" Германия терма жамоаси вингерига даъвогарлик қилмоқда  0 11:28МЮ хавбек Таверньени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

"Mourinyu o'zining nishonlashlarini unutib qo'ydimi?" - Sobiq hakam Iturralde Vinisiusning sariq kartochkasi sirini ochib berdi Yangiliklar

"Mourinyu o'zining nishonlashlarini unutib qo'ydimi?" - Sobiq hakam Iturralde Vinisiusning sariq kartochkasi sirini ochib berdi

La Liganing taniqli sobiq hakami Eduardo Iturralde Gonsales Chempionlar Ligasidagi "Benfika" - "Real" (0:1) bahsidan so'ng Joze Mourinyuning tanqidlariga javob qaytardi.

Mutaxassis Vinisiusning nima uchun jazolanganiga aniqlik kiritdi.

Kartochka raqs uchun emas edi:

Iturraldening takidlashicha, bosh hakam Fransua Letekse braziliyalik futbolchiga raqs tushgani uchun emas, balki boshqa sababga ko'ra sariq kartochka ko'rsatgan:

"Vinisius raqs uchun jazolangani yo'q. U tribunadan muxlislar uloqtirgan buyumlarni qaytarib irg'itgani uchun ogohlantirildi. Hakam undan u erdan ketishni so'ragan va mojaro keltirib chiqarayotganini aytgan, biroq Vinisius bunga etibor bermagan".

Mourinyuga "salom":

Iturralde Mourinyuning "Vinisius golni Di Stefano kabi vazmin nishonlashi kerak" degan gaplariga kinoya bilan javob berdi:

"Mourinyuning nishonlashlar haqida gapirishi juda qiziq. U Vinisiusga Di Stefanoni o'rnak qilib ko'rsatmoqda, lekin o'zining nishonlashlari-chi? Unga mumkin-u, boshqalarga yo'qmi? Bu shunchaki mantiqsizlik".

Irqchilik — alohida mavzu:

Sobiq referi maydondagi hissiyotlar va irqchilikni adashtirmaslik kerakligini alohida qayd etdi:

"Keling, farqlaylik. Futboldagi hissiyotlar va bahslar — bu o'yinning bir qismi. Ammo irqchilik haqoratlari — bu mutlaqo boshqa narsa va bunga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi".

Eslatib o'tamiz, ushbu bahsda Vinisius Junior irqchilikka duch kelganini davo qilgan, Joze Mourinyu esa o'yin yakunida hakamlar bilan bahslashgani uchun qizil kartochka olib maydondan quvilgan edi.

Reyting: +7   

Fikrlar

+2   
18 fev 16:47:30
Bek Bek
Laliga jadvalida Peshqadam ozgargach Real Madridga aloqador postlar sasib ketyaptiya badboy xidlar kelib )
+1   
18 fev 16:15:53
Sardorbek..
Mour Yuventus-Myu 1:2 bo'lgan o'yindan so'ng g'alabani qanday nishonlagani ko'pchilikni esida bo'sa kere
   
18 fev 21:50:48
Akmal Aliyev
Vinil shu turishga ketsa balatelli 2 boʻladi 2 kalasiyam yaxshi oʻyinchi biroq hulqi yaxshimas real Madridga yaxshi murabbiy kerey gapi oʻtadigan menimcha Habi Alonso shu uchun ketdi klubdan
   
18 fev 20:57:52
leva 8989
Rasul Matkarimov1 foydalanuvchining fikriga javob berish
Oldingi oyinda shu gap qaerda edi benfica yutganda Mourinhoni futbolchilarni vaqtinchalik benfica muxlislarini nishonlagan paytda shy gap qaerda edi
Endi realday buyuk klubga yarashmaydimi deymanda...
   
18 fev 20:29:00
Гуломжон Абдураимов
Гол Урганданкейин ,ҳамма хар-хил нишонлайди,ҳохласа йиғлаб ,ҳохласа ўйинга тушиб, Винини нишонлаши бу Бразилларни миллий рақси. Биз гол урсак "Анжон полка"мина ўйнаймиз .Буни нимаси ёмон???
   
18 fev 19:58:26
assassin
. .. foydalanuvchining fikriga javob berish
Ikkalasi ham bir biridan o'tar darajada iflos bular. Provalakatsiyani uslub qilib olishgan. 1000 % garantiya beraman kecha mourni jamoasi g'alaba qozonganida mour bunchalik shallaqilik qilmas edi. Vinyga esa xayron qolmadim u o'zgarmaydi.
Узгарибдию авваллари жанжаллашиб сукиниб кизил оларди хозир тугри бориб судьяга айтяптию )))))
   
18 fev 19:02:38
Rasul Matkarimov1
leva 8989 foydalanuvchining fikriga javob berish
Benfikani 1 gol bilan yutib olamni buzvore deydi...a tak bavariya 7 ta 8ta lab urgandayam spokoyni nishonlagan...vinisus o'zgalarni xurmat qilishni organishi kerak
Oldingi oyinda shu gap qaerda edi benfica yutganda Mourinhoni futbolchilarni vaqtinchalik benfica muxlislarini nishonlagan paytda shy gap qaerda edi
   
18 fev 18:11:31
leva 8989
Benfikani 1 gol bilan yutib olamni buzvore deydi...a tak bavariya 7 ta 8ta lab urgandayam spokoyni nishonlagan...vinisus o'zgalarni xurmat qilishni organishi kerak
   
18 fev 16:58:19
Bahrom Abdurahmonov
mour kecha o'zining ideal o'yinchisini ko'rdi))
   
18 fev 16:43:13
. ..
Ikkalasi ham bir biridan o'tar darajada iflos bular. Provalakatsiyani uslub qilib olishgan. 1000 % garantiya beraman kecha mourni jamoasi g'alaba qozonganida mour bunchalik shallaqilik qilmas edi. Vinyga esa xayron qolmadim u o'zgarmaydi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика