Mourinyu: "Ehtimol, men "Real"dan istefoga chiqarilmagan sanoqli murabbiylardan biridirman"
17 fev 00:41
Yangiliklar
Mourinyu: "Ehtimol, men "Real"dan istefoga chiqarilmagan sanoqli murabbiylardan biridirman"
"Special One" Madriddagi faoliyati va klub prezidenti bilan aloqalarini yodga oldi.
Florentino Peres bilan munosabatlar:
Mourinyu va Peres o'rtasidagi do'stlik hali ham mustahkam.
"Florentino bilan oxirgi marta «Benfika»ga kelganimda gaplashdik, u meni tabrikladi. Ertaga uni o'yinda ko'rishdan umidvorman. Oramizdagi ajoyib do'stlikni yashirishga hojat yo'q", — deydi Joze.
Ketish sababi va "toza vijdon":
Portugaliyalik mutaxassis Madrid klubidan o'z xohishi bilan ketganini alohida takidladi:
Mourinyuning fikricha, u "Real"ning eng og'ir davrlarida ishlab, jamoani porloq kelajak uchun tayyorlab ketgan.
Uning ketishiga esa oilaviy sabablar asosiy omil bo'lgan: "Oiladan muhimroq narsa yo'q".
Mourinyudan navbatdagi "iqtibos":
"Ehtimol, men "Real"dan istefoga chiqarilmagan sanoqli murabbiylardan biridirman. Agar sen klubdan o'z tashabbusing bilan ketsang, demak, vijdoning pokligani anglatadi", — deya qo'shimcha qildi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, ertaga Chempionlar Ligasining dastlabki o'tish o'yinida Arbeloa shogirdlari Portugaliyada "Benfika" mehmoni bo'lishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
1 Joze Mourinyoni
2 Yurgen Klop
3 Karlo Anchelotti
4 Fergyusson
5 Pep Gvardiola
6 Del Boske