Mourinyu A Seriya joriy mavsum chempioni aniqligini aytdi
24 apr 2022 09:30
Yangiliklar
Mourinyu A Seriya joriy mavsum chempioni aniqligini aytdi
Italiya chempionati doirasida o'tgan “Inter”ga qarshi (1:3) o'yindan keyin “Roma” ustozi Joze Mourinyu o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Inter – A Seriyaning eng yaxshi klubi. Ideal o'ynashimiz kerak edi, ammo buni uddalay olmadik. Yaxshi harakat qildik, ammo mukammal emas.
Jamoamdan ko'nglim to'ldi deya olaman. Agar jadval o'rtalaridagi qaysidir jamoaga qarshi o'ynaganimizda, albatta g'alaba qozongan bo'lardik.
Endi aniq ayta olamanki, “Inter” chempion bo'ladi”, deydi portugaliyalik mutaxassis.
“Neradzurrilar” 72 ochko to'plagan holda musobaqada peshqadamlik qilmoqda. Rimliklar esa 58 ochko bilan 5-o'rinda turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar