Mourino "Tottenxem"dan istefoga chiqarilgan vaqtini esladi
11 may 2022 09:29
Yangiliklar
Mourino "Tottenxem"dan istefoga chiqarilgan vaqtini esladi
Portugaliyalik murabbiy "Manchester Siti"ga qarshi Angliya ligasi kubogi final o'yiniga bir necha kun qolganida ishdan bo'shatilgandi.
"Men faoliyatim va hayotimning yomon hislar bo'lmaydigan davridaman. Barchasini shundayligicha qabul qilaman. Ha. Ha, bu og'riqli bo'lgan.
Matbuot anjumanlarida bazi ingliz jurnalistlari bilan suhbatda g'alatiroq munosabatlar bildiraman. Konferenciyalar ligasi finaliga chiqish bo'yicha doimo hazillar qilaman.
Umid qilamanki, bu safar meni ishdan bo'shatishmaydi, chunki barcha murabbiylar bilan ham bunday bo'lmaydi. Bu safar men benazir ekanligim haqida gapirmayman, chunki bunday holat men bilan sodir bo'lgan.
Menda afsus yo'q. Gina saqlamayman. "Tottenxem"da yaxshi insonlar ko'p, ularga barcha yaxshi niyatlarimni tilayman. Hattoki, janob Leviga ham. Ammo mendek faoliyati va tarixi bor inson uchun bu g'alati bo'lardi.
Boshqa tomondan, bu menga Rim uchun yo'lni ochdi. Men Rimda ekanligimdan mamnunman.
Albatta CHempionlar ligasida sovrin uchun kurashish yoki u erda o'ynashdan xursand bo'laman. Bu musobaqada 160 - 170 ta o'yin o'tkazganman", - dedi "Roma" bosh murabbiyi Mourino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar