Morata: "Atletiko" bu tarkibi bilan barcha musobaqalardagi g'alabaga davogarlik qilishi mumkin"
08 iyu 2022 10:38
Yangiliklar
Morata: "Atletiko" bu tarkibi bilan barcha musobaqalardagi g'alabaga davogarlik qilishi mumkin"
Morata iyunda ikki yillik ijaradan so'ng "Yuventus"ni tark etdi. 29 yoshli forvardning "Atletiko" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Juda ham g'ayratga to'laman va mashg'ulotlar boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Bu ajoyib yil bo'lishiga ishonchim komil. "Atletiko" hujum chizig'ida katta raqobat bor, jamoada ajoyib o'yinchilar ko'p va o'ylaymanki, bu klub uchun juda yaxshi.
Bu tarkib barcha musobaqalardagi g'alabaga davogarlik qilishi mumkin. "Atletiko" ikki mavsum oldin Ispaniyadek qiyin chempionatni yutdi. Yaxshi jismoniy holatda bo'lish va barchasiga kurashish uchun mavsumoldi tayyorgarligida qattiq ishlashimiz kerak", — deydi Morata.
Morata "Atletiko"ga 2019 yilda o'tgan. Hujumchi jamoa libosida 61ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar