"Mixed zone". Jasur Hakimov: "Bunyodkor"ni safdan chiqarganlarga o'yinimiz bilan javob bera oldik"
30 iyu 2022 12:36
Yangiliklar
"Mixed zone". Jasur Hakimov: "Bunyodkor"ni safdan chiqarganlarga o'yinimiz bilan javob bera oldik"
Dastlab Abbos Fayzullaevning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan "sherlar" ikkinchi bo'limning 51-daqiqasida darvozalaridan to'p olib chiqishga majbur bo'lishdi. "Bunyodkor" safida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan Jasur Hakimov Muzaffar Olimjonovning uzatmasini golga aylantirdi. Uchrashuvdan so'ng hujumchi Jasur Hakimovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Yaxshi o'yin o'tkazdik. Yigitlar oxirigacha kurashishgani hisobiga g'alaba qozondik. Golga kelsak, bu mening vazifam. SHunchaki, o'z ishimni qildim. Bahoni esa muxlislar berishadi. Uchrashuvdan oldin bizning imkoniyatimizni past baholashayotgani haqida eshitgandik. Lekin bizni safdan chiqarganlarga o'yinimiz bilan javob berdik, deb o'ylayman. Maydonda isbotlashimiz kerak edi.
Jarohatlardan so'ng Birinchi ligada formamni tiklab oldim. Murabbiy tomonidan imkoniyat berildi. Ishonchi oqlashga harakat qildim",- deydi Jasur Hakimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar