Mitomaga 4 top-klub qiziqmoqda
10 sen 2023 12:12
Yangiliklar
Mitomaga 4 top-klub qiziqmoqda
"Brayton" futbolchisi Kaoru Mitoma Evropaning top-klublari qiziqishlari doirasida.
Yaponiyalik vinger ancha vaqtdan buyon "Manchester Siti" kuzatuvi ostida bo'lib turibdi. "90min" xabariga ko'ra, "shaharliklar"dan tashqari, "Barselona", "Napoli" va "Liverpul" ham futbolchiga qiziqishlar bildirmoqda. Mitoma yozda ushbu to'rt klubdan biriga o'tishi mumkin.
Mitomaning transfer summasi 30 mln evro atrofida baholanmoqda. Ushbu mavsumda Mitoma APLda bir gol va uch assist qayd etishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar