So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Mirjalol Qosimov: "Oxirigacha kurashish - sport principi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Oxirigacha kurashish - sport principi"

Superliga 25-turidan o'rin olgan OKMK - "Nasaf" (1:1) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ikki jamoa ham g'alaba uchun maydonga chiqqandi. Barcha yaxshi o'yin bo'lishini kutgan edi. Ochiq va qiziqarli o'yin bo'ldi. Ro'ziqul bilan ham maydon sifati haqida gaplashdik. Ikki jamoa ham manoli futbol namoyish etishga intiladi va bugungi maydon holati bizga xalal berdi" - dedi Mirjalol Qosimov bahs yakunlangach.

 "Nasaf"ga bugun ochko ko'proq kerak edi. OKMKda bugun o'tgan o'yinlardagidan ko'ra ko'proq ishtiyoq bormidi yoki jamoangiz har bir raqibga qarshi bir xil holatda maydonga tushadimi?

Raqibning kim ekanligi farqi yo'q, ammo futbolchiga qanday etib borishi muhim. "Neftchi"ga qarshi o'yindagi statistikani qarasangiz biz unchalik yomon o'ynamadik. Andijonda va "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda ham. Futbolda ruhiy jihat muhim. Futbolda har qanday vaziyat bo'ladi. Bizning jamoada qanday hisob qayd etilishidan qati nazar hakamning so'nggi hushtagiga qadar o'ynaymiz. Bu yaxshi jihat. Oxirigacha kurashish bu sport principi. Hech qachon qo'l siltab ketmaslik kerak. Bugun ham Azizda va Avazda imkoniyatlar bo'ldi, ulardan foydalanganimizda hisob boshqacha bo'lardi. Hech qachon to'xtab qolish kerak emas, baribir qachondir o'z mevasini beradi.

— Zaxiradan maydonga tushirgan futbolchilaringizning o'yinga qo'shilib ketishida muammo kuzatildi. Ushbu qaror xato bo'ldimi?

— Bo'ldi. Goldan oldingi vaziyatda Ahmad to'pni Hurshidga bersa bo'lardi, chap qanotda bo'shliq bor edi. U esa kutilmaganda Avazga pas berdi. Hozir eslay olganim, vaziyatni yana bir ko'rib chiqish kerak. Masalan, Farg'onada zaxiradan o'yinga qo'shilganlar o'yinga yaxshi kirishib ketdi. Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar o'yinni kuchaytira olishi kerak. Hozir bir futbolchiga to'nkab qo'yish noto'g'ri bo'ladi. Futbol jamoaviy o'yin.



Reyting: +5   

Fikrlar

   
27 okt 07:20:24
Шухрат Эргашев
Косимов хам худдики Бердиев сингари бор масалликдан фойдаланиб, яхши жамоа килиб, мухлисларни хаяжонда ушлайдиган, мураббийлардан.
   
27 okt 02:30:16
Real.M & Chelsi
Tayyor yutuqni berib qo'yishdi,OKMK ham dami chiqib ketdi oxiriga kelib...
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика