So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Mirjalol Qosimov: "Iroda ko'rsatdik, shogirdlarim shunga yarasha mehnat qilishdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Iroda ko'rsatdik, shogirdlarim shunga yarasha mehnat qilishdi"

Superliga 7-turidan o'rin olgan AGMK – "So'g'diyona" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- O'yin juda ham qiziqarli kechdi. "So'g'diyona" bejiz birinchi o'rinda ketmayotgandi, yomon o'yin ko'rsatmayapti. To'g'risi, bugun ko'p gol bo'ladi deb o'ylamagandim. Yigitlarga rahmat aytmoqchiman. CHunki sermazmun, muxlislarbop o'yin namoyish qilishdi. Iroda ko'rsatdik, shogirdlarim shunga yarasha mehnat qilishdi. Sanjar Tursunovga tezroq sog'ayib ketishini tilab qolaman. SHuningdek, jamoamiz nomidan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.  

- Sanjar Tursunovning holati qanday?

- Yaxshi emas. Bosh miya chayqalishi ro'y berdi, shekilli. Tibbiy tekshiruvdan keyin malum bo'ladi. 

- "So'g'diyona" faol o'yin namoyish qildi. Baqoev kutilmagan nimadir taklif qila oldimi?

- Ha. Oldingi o'yinlarini ko'rib chiqqandik. So'g'diyona" 4-2-3-1 taktik sxemasi asosida o'ynayotgandi. Biroq bugun 5 ta himoyachi bilan harakat qildi. 

Dilshod Ahmadalievga ko'p dakki berdim, chunki bunday sxemada boshqacha harakat qilishi lozim. 

- AGMK mavsum boshida og'ir o'yinlarni o'tkazdi. Hozirgi vaqtga kelib jamoa o'yini ancha yaxshilanib qoldi. Bunga nimaning evaziga erishildi?

- Yo'q. Bu jarohatlar va kartochkalar ko'payib ketishi oqibatida bo'lgandi. Hozir mana Xudoga shukrki, sekin-asta hamma safga qaytib bormoqda. 

- Oldinda yana bir jiddiy raqib – "Qizilqum" jamoasi kutmoqda. Nimalarni kutyapsiz?

- Bilasizmi, hozir o'zi oson o'yinning o'zi yo'q. Har bir klub oxirigacha kurashmoqda. SHuning uchun oson bo'lmaydi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak, hammasi o'z qo'limizda.

- Italiyalik afsonalarga qarshi o'yinda ishtirok etasizmi?

- Yo'q. Biz o'ynab bo'lganmiz. Butun etiborimiz bugungi bahsga qaratilgandi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика