So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Mirjalol Qosimov: "Futbolni aldab bo'lmaydi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Futbolni aldab bo'lmaydi"

Coca Cola Superligasining 17-turidan o'rin olgan AGMK - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'yin haqida fikr bildirdi.

"Avvalo barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Vatanimizning mustaqillik bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman. Bugun ajoyib va hujumkor futbol guvohiga aylandik. O'yin qiziqarli va vaziyatlarga boy o'tdi. Har ikkala jamoada golli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Agarda tezroq uchinchi golni kiritganimizda, bahsni xotirjam yakunlardik. Kubok o'yini yaqinda o'tkazganimiz sababli bugun jamoamizda charchoq sezildi. Baribir futbolni aldab bo'lmaydi. Biz "Surxon"ga nisbatan bir kun kech o'yin o'tkazdik va uchrashuv ekstra taymlargacha cho'zilgani bugungi bahsda futbolchilarning jismoniy holatiga tasirini ko'rsatdi. Jamoa to'liq tiklanishga ulgurmagandi. SHu bois ham o'yinda to'liq nazoratni ushlash qiyin bo'ldi. Lekin shunga qaramay jamoam bugun oxirigacha kurashdi. Futbolchilar o'zlarida kuch topib, ko'plab vaziyatlar yaratishdi. Muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman va bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. AGMK aynan muxlislarni xursand qilish uchun o'ynaydi. Bu o'yin endi tarix. Biz endilikda kubok doirasidagi "Andijon"ga uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz", dedi olmaliqliklar bosh murabbiyi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика