So’nggi yangiliklar

08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  2 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0

Mirjalol Qosimov: "Eng yomon o'yinimizni o'tkazdik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Eng yomon o'yinimizni o'tkazdik"

O'zbekiston Superkubogi uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

- "Lokomotiv" jamoasini haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda jamoamiz umuman futbol o'ynamadi. Og'ir o'yin va uzoq parvoz futbolchilarga tasir qildi deb o'ylayman. Ikki xil taymga guvoh bo'ldik. Lekin tanaffusdan keyin uyg'onganimizda poezd ketib bo'lgandi. Sovrin yutish uchun zo'r imkoniyat paydo bo'lgandi. Biroq futbolchilarni tiklanish jarayonini yaxshi o'tkaza olmaganimiz pand berdi. Hayot davom etadi.

Jamoamizda faqat Jasur Hasanov o'ynamaydi. Futbolni jamoaviy o'ynaladi. Bizda yangi jamoa, futbolchilar o'zaro til topishishi, chiziqlar orasidagi bog'lamlar ishlashi uchun malum vaqt kerak bo'ladi. Birinchi bo'limda jamoamiz tomonidan deyarli hech qanday harakat bo'lgani yo'q. Bugungi o'yindan to'g'ri xulosa chiqaramiz. Har bir uchrashuv bizga ozuqa beradi.

Himoyadagi muammolar? CHempionatgacha yangi futbolchilar kelishi yoki kelmasligini vaqt ko'rsatadi. Yangi futbolchilarni olish imkoniyati past. CHunki juda ham qisqa fursat qoldi. Hozircha uchta o'yin o'tkazdik. Agarda ularni taqqoslaydigan bo'lsak, bugun eng yomon uchrashuvimiz bo'ldi. Himoyachilarimizning barchasi boshqa-boshqa jamoalardan kelishgan. O'zaro o'yin ko'nikmasi paydo bo'lishi uchun amaliyot va vaqt kerak bo'ladi. CHempionatga qadar mazkur muammolarni bartaraf etishga harakat qilamiz.

CHempionat boshlangunga qadar bu mag'lubiyatlarni ko'tarib yurish oson emas. Hozirgina kiyinish xonasida ham yigitlarga bugun shohsupada sizlar bo'lishlaringiz mumkin edi deya aytdim. O'z muxlislarimiz oldida noqulay holatda qoldik. Bu mag'lubiyatlar bizni chempionatga yanada yaxshiroq va jiddiyroq tayyorgarlik ko'rishimizga undaydi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика