So’nggi yangiliklar

11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  0 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  1 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  2 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0

Mirjalol Qosimov: "Bu o'yinda muxlislar yutdi, biz esa uch ochko yo'qotdik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bu o'yinda muxlislar yutdi, biz esa uch ochko yo'qotdik"

Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan AGMK - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yinda qonun ustuvor bo'ldi. Futbolda "sen urmasang, senga urishadi", degan qonun bor. Bu uchrashuvda birinchi davradigi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazdik deb o'ylayman. Yigitlarga hech narsa deya olmayman. Bo'lib turadi. Kurashlarga boy , kombinacion o'yin bo'ldi. Ammo vaziyatlardan foydalanish borasida oqsadik. Bu o'yinda muxlislar yutdi, biz esa uch ochko yo'qotdik. Endi futboldan kichik tatilga chiqamiz. Hayot esa davom etadi. Qaytaraman, bugun birinchi davradagi eng yaxshi o'yinimiz bo'ldi.

- Oxirgi paytlar ikki darvozabonni almashtirib o'ynatyapsiz. Ammo jamoa darvozasiga yo'llanayotgan ikki zarbadan biri ko'pincha gol bilan yakunlanyapti. Bu jiddiy muammo emasmi?

- Albatta, bu muammo. Ammo faqatgina ishlamagan inson xato qilmaydi. Bu xatolardan to'g'ri xulosa chiqarish lozim.

- Davralar oralig'ida jamoada o'zgarishlar bo'ladimi?

- Jamoada unchalik ham katta o'zgarish kuzatilmaydi. Jarohatda bo'lgan o'yinchilarimizni tezroq safga qaytishsa, bu nur ustiga alo nur bo'lardi. 

- AGMK chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri. Ammo bazi chiziqlarda yaqori saviyali o'yinchilar etishmayotgandek tuyilmayaptimi? Masalan, Anzur Ismoilov kelgandan keyin himoya ancha tartibga keldi. Boshqa poziciyalarchi?

- Har bir murabbiy tarkibida kuchli o'yinchilar bo'lishini xohlaydi. Ammo kurashda boshqa jamoalar ham bor. Menimcha, biz shu tarkib bilan ham muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatyapmiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика