Mircha Luchesku faoliyatini yakunlaganini elon qildi
04 noy 2023 11:10
Yangiliklar
Kievning "Dinamo” klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku “SHaxtyor”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) bu uning faoliyatidagi so'nggi o'yin bo'lganini aytdi.
"Hamma narsaning oxiri bo'ladi. Ukraina futboliga 15 yilllik umrimni sarfladim, "SHaxtyor"ga qarshi o'yin "Dinamo" bosh murabbiy sifatidagi so'nggi o'yinim edi", – dedi 78 yoshli ruminiyalik mutaxassis.
Mircha Lucheskuning murabbiylik faoliyati 80-yillarda boshlangan. 2004 yildan beri u Ukrainaning turli jamoalarida ishladi. 12 yil davomida Doneckning "SHaxtyor" klubini boshqarib, uni Ukraina chempionati gegemoniga aylantirdi, uni bir necha bor CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga olib chiqdi va 2009 yilda UEFA Kubogini yutdi. 2020 yilning yozidan u Kievning "Dinamo"siga ustozlik qila boshladi va 2021 yilda UPLda g'olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar