So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

"Milliy" stadionda yuzaga kelgan qarzdorlik haqida Yangiliklar

"Milliy" stadionda yuzaga kelgan qarzdorlik haqida

Avvaliga "Bunyodkor", endi "Milliy" deya nomlanayotgan stadionda yuzaga kelgan kommunal to'lovlar bo'yicha qarzdorlik haqida saytimiz orqali xabar bergandik.

Xabaringiz bor, bir necha kun davomida aynan qarzdorlik sabab "Milliy" stadionda suv, gaz va elektr energiyasi taminoti uzilib qoldi. Ammo tez orada qarzlar to'lanib, bu muammo bartaraf etildi.

Bizga malum bo'lishicha, qarzdorlik quyidagi holatga ko'ra yuzaga kelgan. Yani, "Milliy" stadion mamuriyati (!) ayni paytda "Bunyodkor" futbol klubiga tegishli emas. Oddiy qilib aytganda, "Bunyodkor" futbol klubi alohida, stadion esa alohida o'zining yillik smetasiga ega. Lekin ham klubni, ham majmuani moliyalashtirish, shuningdek ishchi-xodimlarning maoshini to'lab berish "O'zbekneftegaz" kompaniyasi qo'lida.

"O'zbekneftegaz" rahbariyati bir yil mobaynida stadionni taminlash uchun 5 milliard so'm ajratish haqidagi smetaga qo'l qo'ygan, ammo stadion mamuriyati rahbari Vohid Zokirov bu pul kamligini aytgan holda tegishli hujjatga imzo chekmagan. Natijada kompaniya kerakli miqdordagi pulni o'z vaqtida stadion hisob-raqamiga o'tkaza olmagan.

Qars ikki qo'ldan chiqadi deganlaridek, smetani tasdiqlashda har ikkala tomon imzosi kerak bo'ladi. Ammo stadion mamuriyati rahbarining hujjatga imzo chekmasligi tufayli kommunal to'lovlardan qarzlar yig'ilib boravergan va qarzdorlik ko'payib ketishi oqibatida stadionda suv, elektr energiyasi taminoti uzib qo'yilgan. Bu haqda bizga "Bunyodkor" PFK bosh direktori Murod Aliev malumot berdi.

Malum bo'lishicha, yaqinda stadion hisob-raqamiga "O'zbekneftegaz"dan pul kelib tushdi va buning natijasida barcha kommunal to'lovlar to'landi. Endilikda "Milliy" stadionda doim elektr energiyasi, suv va gaz bo'lishi aytilmoqda. 

"Bunyodkor" PFK rahbariyati jamoaga befarq bo'lmagan muxlislarni bugun bo'lib o'tadigan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuviga chorlab qoladi. O'yin 20:30da boshlanadi.  

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика