Militao: "Real" uchun qattiq ishlashda davom etish muhim"
10 iyu 13:22
Yangiliklar
Militao: "Real" uchun qattiq ishlashda davom etish muhim"
"Real" himoyachisi Eder Militao Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida PSJdan uchralgan mag'lubiyat (0:4) haqida fikr bildirdi.
"Bugungi natija biz uchun yaxshi bo'lmadi, ammo tinmay ishlashda davom etish muhim. PSJ allaqachon yaxshi muvofiqlashtirilgan, bu mavsum davomida ko'rinib turdi. Ular g'alaba qozonish istagi bor yosh jamoa. Buni jamoaviy o'yinlari bilan namoyish etmoqda. Bugun ularning qanchalik kuchli ekanligini yaqqol ko'rdik. Ularni tabriklaymiz", – dedi Militao.
PSJ Klublar o'rtasidagi JCH finalida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi. O'yin 13 iyul, yakshanba kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar