"Milan" yarim himoyachisi "Real"ni emas, "Manchester Siti"ni tanladi
20 may 2025 12:13
Yangiliklar
"Milan" yarim himoyachisi "Real"ni emas, "Manchester Siti"ni tanladi
"Milan" futbolchisi Tijani Reynders faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishga tayyorligini bildirdi, deb xabar berdi "Sky Sport France".
26 yoshli xavbek o'z vakillariga "Real" qiziqishlariga qaramay, APL sobiq chempioniga o'tishni afzal ko'rishini aytdi.
Hal qiluvchi omillardan biri Xosep Gvardiolaning obro'-etibori bo'ldi – Reyndersga uning o'yin uslubi manzur keladi va ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida o'sishi mumkinligiga ishonchi komil. Qayd etilishicha, "Manchester Siti" futbolchi bilan shartnomaning asosiy bandlarini kelishib olgan.
Tijani Reynders yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 53 o'yin o'tkazib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning "Milan" bilan bitimi 2030 yilning yoziga qadar tuzilgan va futbolchining transfer narxi 50 mln evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar