"Milan" va Pulishich 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Vingerning maoshi 5 mln evrogacha oshiriladi
26 fev 18:29
Yangiliklar
"Milan" va Pulishich 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Vingerning maoshi 5 mln evrogacha oshiriladi
Kristian Pulishich "Milan" bilan shartnomasini uzaytiradi.
Tomonlar o'rtasidagi muloqot bir necha oy oldin boshlangan. Klub vingerga 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzishni va unga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini kiritishni taklif qilmoqda.
Futbolchi taklifni qabul qilishga tayyor, uning maoshi yiliga 4 mln evrodan 5 mln evroga oshadi. Tez orada bitim rasmiylashtiriladi.
Pulishichning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uni 2028 yilgacha uzaytirish imkoniyati mavjud.
Joriy mavsumda amerikalik futbolchi A Seriyada 21 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar