Milan Mitrovich: "Bu yil eng qiziqarli chempionat bo'ladi"
10 fev 09:15
Yangiliklar
Milan Mitrovich: "Bu yil eng qiziqarli chempionat bo'ladi"
"Hammasi reja bo'yicha davom etyapti. Butun jamoa mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutmoqda deya olaman. Biz uchun hech narsa o'zgargani yo'q. Maqsad va niyatlarimiz doimgidek yuqori. O'ylaymanki, klub allaqachon sovrinli o'rinlarni egallash paytiga kelgan. Rahbariyat bu borada oldimizga vazifa qo'ygan va bu uchun sharoit yaratib bergan. O'ylaymanki, bu yil eng qiziqarli chempionat bo'ladi. Biz sovrinli o'rinlarni egallash uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. O'tgan mavsum har bir jamoada bo'lgani kabi bizda ham pasayish, ko'tarilish yuz berdi. Biz to'g'ri yo'ldamiz, 2021 yilgi natijani yaxshilashga salohiyatimiz etadi. Ayrim o'yinlarda diqqatni jamlay olganimiz yo'q. Yana omadsizliklar ham pand berdi",- deydi Mitrovich.
Malumot uchun, "So'g'diyona" ilk turni 9 mart kuni Qarshida "Nasaf"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar