"Milan" "Inter" sobiq hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
27 iyu 2023 10:45
Yangiliklar
"Milan" "Inter" sobiq hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
Argentinalik futbolchi qaysidir manoda faoliyatini qayta tikladi.
"Milan" hujumchi Mauro Ikardi uchun PSJga 15-20 mln evro to'lashga tayyor, deya xabar berdi "Sport Mediaset". Muammo faqat argentinalik futbolchining maoshida bo'lishi mumkin, u bir mavsum uchun 7 mln evroni tashkil qiladi..
PSJ hujumchini o'zida saqlab qolmaydi. Mauro Ikardining o'zi "Galatasaroy"da ijarada ajoyib mavsum o'tkazdi. U 24 o'yinda 22 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi, bu esa klub 2019 yildan beri ilk chempionligini qo'lga kiritishiga turtki bo'ldi.
Ikardi Evropaning katta futboliga qaytishga qarshi emas. U A Seriya bilan yaxshi tanish, "Inter" safida 219 uchrashuvda 124 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar