So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

"Metallurg" yangi mavsumda "Paxtakor"ga jiddiy chorlov tashlashga tayyor" Yangiliklar

"Metallurg" yangi mavsumda "Paxtakor"ga jiddiy chorlov tashlashga tayyor"

"Metallurg" bosh murabbiyi Andrey SHipilov joriy mavsumda "Paxtakor" va boshqa grandlarga jiddiy kurash taklif etishini takidladi.

"Bu yilgi transfer kompaniyasidan ko'nglim to'ldi. "Paxtakor"dan Akbar Ismatullaev, Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreevning transfer huquqlarini sotib oldik. Kamoliddin Tojiev esa erkin agent sifatida bizga qo'shildi. Faqatgina ikkita yosh futbolchi Ibrohim Yo'ldoshev va Suhrob Nurulloevni ijaraga olganmiz.

To'g'ri, o'tgan yili 5 futbolchi "Paxtakor"dan ijaraga olingandi va o'zaro bahslarda mazkur futbolchilarning xizmatidan foydalana olmaganimiz pand bergandi. SHu taraflama qiyinchilikka duch kelgandik. Lekin men bor haqiqatni aytishim mumkinki, maydonga tushgan yoshlar sof vijdon bilan futbol o'ynashgan. Buni men bemalol yuqori ishonch bilan aytaman. Bu yili esa jamoamiz "Paxtakor"ga katta chorlov tashlaydi. Biz bunga tayyormiz. Nafaqat "Paxtakor", balki boshqa barcha grand jamoalarga ham "Metallurg" kurash taklif etishga qodir.

Jamoa oldidagi vazifa? CHempionat formati va jamoalari soni o'zgarib ketdi. Endilikda jamoamiz kamida 7-o'rindan pastga tushib ketmasligi kerak. Hozircha shuni aytishim mumkin", - dedi Andrey SHipilov.

"Jeparovni Superligada o'ynashiga ruxsat bermaslik qonunan inson huquqlarini poymol qilish bilan barobar" — SHipilov

Superligadagi jamoalar soni o'zgarishini avvaldan sezgan va topgan murabbiy — SHipilovning qura haqidagi dangal fikrlari

Malumot uchun: Rasman tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, "Metallurg" "Paxtakor"dan sotib olgan 3 nafar futbolchining (Lobanov, Ismatullaev va Andreev) transferi uchun 1 milliarddan, jami 3 milliard to'lagan.

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика