So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Bunyodkor”dan ustun keldi Yangiliklar

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “Bunyodkor”dan ustun keldi

Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” akademiyasi maydonida yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan “Metallurg” hamda “Bunyodkor” jamoalari bugun nazorat ko'rik uchrashuvida o'z omadlarini sinab ko'rishdi.

Murosasiz kurashlar ostida o'tgan o'yin bekobodliklarning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi – 1:0. O'yin taqdirini Islom Isoqjonov tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi.

Bevosita tafsilotlarga to'xtaladigan bo'lsak, uchrashuv poytaxt viloyati vakillarining ustunligi bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq maydon markazi hamda to'p nazoratini o'z qo'liga olgan bekobodliklar mezbonlar darvozasi oldida birin ketin xavfli vaziyatlarni barpo etishdi. Birinchi gollik imkoniyatdan tajribali Server Jeparov foydalana olmagan bo'lsa, keyingi hujumda Islom Isoqjonov darvozabon bilan yakkama yakka chiqib, vaziyatni ko'kka sovurdi. Ammo oradan hech qancha vaqt o'tmay Islom o'z xatosini tuzatdi. Jamoaning rossiyalik legioneri Sergey Tumasyan o'ng qanotdan ajoyib reydni amalga oshirdi va to'pni jarima maydoniga etkazib berdi. Himoyachilardan chaqqonroq harakat qilgan Isoqjonov birinchi urinishda to'pni o'ziga to'g'rilab oldi, ikkinchi urinishda esa darvozasining olis pastki burchagini nishonga oldi – 1:0.



SHundan keyin ham “Metallurg” futbolchilari ko'plab vaziyatlarni yaratishdi. Ammo hisob o'yin oxirigacha o'zgarmay qoldi. Ikkinchi taymda “Metallurg” tarkibida bir qator o'zgarishlar bo'lganligi bois “qaldirg'ochlar” ancha faollashishdi. Biroq mezbonlarning xavfli hujumlari chog'ida “Metallurg” himoyachilari va darvozabonning ishonchli o'yini g'alabaning saqlab qolinishiga zamin yaratdi. Bugungi o'yindan keyin “Metallurg” futbolchilariga ikki kunlik dam berildi. Jamoa 25 fevraldan yig'inni davom ettiradi.

“Metallurg” – “Bunyodkor” – 1:0 (1:0). Nazorat uchrashuvi. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.
Hakamlar:
Aziz Asimov, Alisher Usmonov, Ruslan Serazetdinov.
Gol: Islom Isoqjonov (14).
“Metallurg”: Zafar Safaev (Akmal Tursunboev, 46),  Ibrohim Yo'ldoshev (Xudoyshukur Sattorov, 70),  Abbos Otaxonov,  SHavkat Mullajonov,  Andrey SHipilov,  Muhammad Isaev (Doniyor Usmonov, 46),  Muzaffar Muzaffarov,  Stanislav Andreev, Server Jeparov, Islom Isoqjonov (Abror Toshqo'ziev, 57), Sergey Tumasyan (Bahodir Pardaev, 46).


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика