So’nggi yangiliklar

08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  1 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  9 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  1 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0

"Metallurg" murabbiyi Ilyos Qurbonov: "Hisob o'yinga mos bo'lmadi" Yangiliklar

"Metallurg" murabbiyi Ilyos Qurbonov: "Hisob o'yinga mos bo'lmadi"

Coca-Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan “Metallurg” – “Paxtakor” (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Ilyos Qurbonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Ko'p vaqtimiz yo'q edi va 3-4 kun ichida raqibni o'rganib chiqib reja tuzgandik. O'ylaymanki, biz rejani amalga oshira oldik, faqat uni yakunlashga kelganda xatolar qildik. Tarkibimizdagi yosh futbolchilarga bugun CHerandek mahorat etishmadi. Dragan singari futbolchilar yarimta vaziyatdan ham unumli foydalana oladi. Himoyachilarga unga nisbatan yaqin masofada harakat qilish kerakligini takidlagan edim. Ular etiborni yo'qotishdi. O'tkazib yuborilgan ikkinchi gol umuman kerak emasdi. Fikrimcha, hisob o'yinga mos bo'lmadi.

Obradovich shamollab qolgani sabab bugun jamoamizga yordam bera olmadi. Yuqorida takidlaganimdek, tayyorgarlik uchun 3-4 kun vaqtimiz bo'ldi xolos. Bunday qisqa vaqtda kuchli mutaxassislar ham jamoani yaxshi tayyorlay olmaydi.

Kelgusi turdagi “So'g'diyona”ga qarshi bahs uchun jamoani yangi xorijlik mutaxassis tayyorlaydi. Umid qilamanki, u “Metallurg”da yaxshi o'yinni yo'lga qo'yadi”, – dedi Qurbonov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика